«zoyir mirzayev» tegli maqolalar


Angrendagi “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m berildi
25 aprel 2024, 17:26

Angrendagi “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m berildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev mart oyidan beri telefondan foydalanmay kelgan Angren shahridagi 17-maktabni 300 mln so‘m bilan mukofotladi.

Davron Hidoyatov Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketadi
14 mart 2024, 00:41

Davron Hidoyatov Chirchiq shahri hokimi lavozimidan ketadi

Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov boshqa ishga o‘tishi kutilmoqda. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shu munosabat bilan unga chopon va faxriy yorliq topshirdi.

Toshkent viloyati hokimi maktablarda telefondan foydalanilishiga nega qarshi?
28 fevral 2024, 10:20

Toshkent viloyati hokimi maktablarda telefondan foydalanilishiga nega qarshi?

Toshkent viloyatida o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham telefondan foydalanishni taqiqlagan maktablarga 300 mln so‘m va’da qilindi. Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning fikricha, telefon bolalarni ham, kattalarni ham buzadi. “Qo‘lda telefon degan balo bor ekan, hamma narsa bo‘lishi mumkin”, — dedi u.

“Bularning hammasi sabotajnik!” Toshkent viloyati hokimi 10 nafar bosh shifokorni ishdan bo‘shatish bo‘yicha topshiriq berdi
31 yanvar 2024, 21:45

“Bularning hammasi sabotajnik!” Toshkent viloyati hokimi 10 nafar bosh shifokorni ishdan bo‘shatish bo‘yicha topshiriq berdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 10 ta shahar va tumandagi bosh shifokorlarni ishdan bo‘shatish topshirig‘ini berdi. Ular mahalliy analoglar o‘rniga chetdan keltirilgan dorilarni sotib olib, “obnal firmalar"dan foydalanadi. Hokim shifokorlar dorixonalar manfaati uchun 8−10 talab dori yozib berishini aytdi.

Test: Bu gapni kim aytgan?
31 dekabr 2023, 12:16 1

Test: Bu gapni kim aytgan?

“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.

“Ahvol G‘azo sektori va Ukrainada jiddiy, qolgan joyda bartaraf qilsa bo‘ladi” — Toshkent viloyati hokimi
14 dekabr 2023, 10:51

“Ahvol G‘azo sektori va Ukrainada jiddiy, qolgan joyda bartaraf qilsa bo‘ladi” — Toshkent viloyati hokimi

Toshkent viloyati hokimi gaz va elektr energiyasi bo‘yicha muammolarni “bugun-erta” hal etish topshirig‘ini berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi rahbarlar vaziyatning jiddiyligi haqida gapirganda “pashshadan fil yasamoqda”. “Ahvol G‘azo sektori va Ukrainada jiddiy. Qolgan joyda bartaraf qilsa bo‘ladi”, — dedi u.

Toshkent viloyati hokimining 2 o‘rinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga xizmat mashinalari olishga 1,3 mlrd so‘m ajratildi
15 noyabr 2023, 18:35

Toshkent viloyati hokimining 2 o‘rinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga xizmat mashinalari olishga 1,3 mlrd so‘m ajratildi

Zoyir Mirzayev o‘zining ikki o‘rinbosari va Yuqori Chirchiq hokimiga BYD xizmat mashinalarini xarid qilish uchun 1 mlrd 336,5 mln so‘m ajratish to‘g‘risida farmoyish chiqardi. Hokimlik avtotransportlarni almashtirishga ehtiyoj ulardan 5 yildan ortiq foydalanilgani sababli tug‘ilganini bildirdi.

“Bu boshlanishi”. Qibrayda yoppasiga bo‘shatilgan rahbarlarning o‘rniga 47 ta tayinlov amalga oshirildi
22 sentabr 2023, 11:04

“Bu boshlanishi”. Qibrayda yoppasiga bo‘shatilgan rahbarlarning o‘rniga 47 ta tayinlov amalga oshirildi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev yoppasiga ishdan olgan Qibray tumanidagi rahbarlar o‘rniga 47 nafar yangi rahbar tayinlandi. “Hech kimga amal nikohlab berilmagan”, deya ta’kidlagan hokim “yangi kadrlarga o‘zi kafil bo‘lishi”ni aytdi.

Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi rahbarlarni yoppasiga ishdan oldi
18 avgust 2023, 09:57

Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi rahbarlarni yoppasiga ishdan oldi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qibray tumanidagi deyarli barcha rahbarlarni ishdan bo‘shatib, ularning faoliyatini tekshirishga topshiriq berdi. Hokim bo‘sh o‘rinlarga yoshlar ishga olinishi, hududga “yangi qon” kerakligini ta’kidladi.

“Yangiyo‘l tumani g‘alladan bo‘shagan yerlarni yoqish bo‘yicha „chempion“ bo‘ldi” — Zoyir Mirzayev
18 avgust 2023, 09:19

“Yangiyo‘l tumani g‘alladan bo‘shagan yerlarni yoqish bo‘yicha „chempion“ bo‘ldi” — Zoyir Mirzayev

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l tumani g‘alladan bo‘shagan 171 gektar yerni yoqib, “chempion” bo‘lganini ta’kidladi. Avvalroq Toshkentda bir necha bor tutun va kuchli kuyindi hidi sezilgandi, biroq rasmiylar havo sifati yomonlashgani bo‘yicha biror izoh bermagan.

“Chirchiqdagi uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti” — Toshkent viloyati hokimi
18 iyul 2023, 17:47

“Chirchiqdagi uylarni sotishda korrupsion sxema ishlayapti” — Toshkent viloyati hokimi

Chirchiqda uy-joy sotishda korrupsion sxema mavjud, “shapka” va “otkat” olinmoqda, shu sababli aholining uy-joyni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish mumkinligiga ishonchi yo‘qoldi, dedi Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev. U shahar hokimi va boshqa sektor rahbarlarini tanqid qildi.

Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Chirchiq hokimiga «hayfsan» berildi
16 yanvar 2023, 10:48

Zoyir Mirzayev qat’iy ogohlantirildi, Chirchiq hokimiga «hayfsan» berildi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi selektorda Toshkent viloyati hokimi ogohlantirildi, Chirchiq shahar hokimiga «hayfsan» berildi. Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari Mustafoyev, «Uztransgaz» rahbari Normatov va «O‘zbekneftgaz» rahbari Abdullayev ham lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22 sentabr 2022, 14:59

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi sessiyasi o‘tkazildi. Unda 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Zoyir Mirzayev nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi
10 iyun 2022, 11:31 1

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun Yagona imtihon markazi ochildi. Hududning haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha imtihonlari endi faqat shu yerda o‘tkaziladi. Birinchilardan bo‘lib viloyat rahbari Zoyir Mirzayev imtihon topshirdi.

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi
13 dekabr 2021, 09:48

Nurafshonda yodgorlik majmuasi va kutubxona qurilishi bekor qilindi

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyatining oldingi xokimi imzolagan Nurafshon shahrida umumiy qiymati 34,4 mlrd so‘m bo‘lgan yodgorlik majmui va kutubxona qurish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Ushbu mablag‘lar muhtojlarga yordam berish va boshqa maqsadlarga sarflanadi.

«Menga „hurmatli“ deya murojaat qilmanglar». Zoyir Mirzayev ilk «hokimlik soati»ni o‘tkazdi
22 noyabr 2021, 15:35

«Menga „hurmatli“ deya murojaat qilmanglar». Zoyir Mirzayev ilk «hokimlik soati»ni o‘tkazdi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev videoselektor tarzida ilk «hokimlik soati»ni o‘tkazdi. U yig‘ilishda o‘ziga „hurmatli“ deb murojaat qilmasliklarini» aytib o‘tdi. Shuningdek hokim fuqarolarni qabul qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Bundan tashqari Zoyir Mirzayev «fuqarolarning murojaatlarini qabul qiladigan Telegram-bot tashkil etilishini» ta’kidladi.

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi
18 noyabr 2021, 16:42

Toshkent viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi
18 noyabr 2021, 15:06

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi

Sobiq Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi bo‘ladi. Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan faollar yig‘ilishida yangi hokim rasman e’lon qilinadi.

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi
18 noyabr 2021, 11:40

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlandi

Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Murotjon Azimov viloyat hokimi v.b. etib tayinlandi. Zoyir Mirzayev boshqa viloyatiga hokim etib tayinlanishi kutilmoqda.

Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda
18 noyabr 2021, 11:07

Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olinishi kutilmoqda

Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishdan olinishi kutilmoqda. Uning o‘rniga Bojxona qo‘mitasi raisi Murot Azimov viloyat hokimi etib tayinlanishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting